2019 –yil 24 –iyun kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov hamda xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i K.Salohiddinovlar Janubiy Koreyaga safari davomida Tegu shahri Meriyasiga tashrif buyurdi. U yerda ADTI delegatsiyasi vitse mer bilan uchrashib suhbatlashdilar.
Shuningdek, Kemyung universiteti tibbiyot fakultetida bo‘lib, talabalarga yaratilgan sharoitlar, simulyatsion o‘quv laboratoriyasining faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Simulyatsion xonalardagi zamonaviy tibbiy jihozlar va asbob — uskunalar — mulyaj,trenajyor va fantomlarni ko‘zdan kechirdilar.
Kunning ikkinchi yarmida ular Tegu shahri “Medi siti” tashkiloti rahbari Kim De Yong bilan uchrashib, muzokaralar olib bordilar.
ADTI delegatsiyasining tashrifi to’g’risidagi batafsil ma’lumotlar Janubiy Koreya ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borildi.