Pokiston Respublikasi Tibbiyot komissiyasining qaroriga asosan Andijon davlat tibbiyot institutini tamomlaganlik to‘g‘risidagi diplom Pokiston Respublikasi hududida amal qiladi. Endilikda institutni tamomlagan talabalar mazkur mamlakat hududida faoliyat olib borishlari mumkin.
Ushbu imkoniyat institut jamoasiga bildirilgan yuksak ishonch bo‘lib, talabalarimiz hamda professor-o‘qituvchilarimiz bu ishonchni albatta oqlaydilar.
ADTI Xalqaro hamkorlik bo‘limi