alexa
Welcome to Андижанский государственный медицинский институт   Click to listen highlighted text! Welcome to Андижанский государственный медицинский институт

Andijon davlat tibbiyot instituti hamkorligida xalqaro onlayn konferensiya o‘tkazildi

15:33 01.05.2020

“Fundamental va klinik tibbiyotning dolzarb muammolari va masofaviy ta’lim imkoniyalari” mavzucidagi xalqaro onlayn konferensiya Samarqand davlat tibbiyot instituti, Toshkent davlat pediatriya tibbiyot instituti va Andijon davlat tibbiyot instituti hamkorligida o‘tkazildi.


Xalqaro onlayn konferensiyani Samarqand davlat tibbiyot instituti rektori, professor J.A.Rizayev tabrik so‘zi bilan ochdi va konferensiyaning maqsad va vazifalari xususida so‘z yuritdi. Shundan so‘ng Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, professor M.M.Madazimovning tabrik so‘zi eshittirildi.


Konferensiya  klinik va fundamental tibbiyotda dars jarayonida masofaviy ta’limni qo‘llash imkoniyalari, OTMlarda onlayn ta’lim darslarini tashkil etish masalalari, fundamental va klinik tibbiyotda dars jarayonida elektron dasturlardan foydalanish, bugungi kunda tibbiyotning dolzarb savollari kabi mavzularda ish olib bordi.


Konferensiyada respublikamizning tibbiyot ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari bilan birga Rossiya, Turkiya kabi davlatlarning olimlari ham o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.


Xalqaro onlayn konferensiya kunning ikkinchi yarmida o‘z ishini sho‘‘balarga bo‘lingan holda davom ettirdi.



ADTI axborot xizmati 

Перейти к содержимому aasaaasaasas Click to listen highlighted text!