alexa
Welcome to Андижанский государственный медицинский институт   Click to listen highlighted text! Welcome to Андижанский государственный медицинский институт

Andijon davlat tibbiyot instituti ilmiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi

17:08 29.01.2020

Andijon davlat tibbiyot instituti ilmiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi avvalida jamoada uzoq yilar mehnat qilgan mahoratli shifokor, Toshkent farmatsevtika instituti rektori, tibbiyot fanlari doktori, professor Ibroxim Inamovich Alimdjanov xotarasiga sukut saqlandi. Ma’naviyat bo‘limi tomonidan marhum professor I.I.Alimdjanov hayoti va mehnat faoliyati yoritilgan videorolik taqdim etildi.
 



Shundan so‘ng kengash a’zolari institut fakultet pediatriya va neonatologiya kafedrasi professori Sh.Karimovni 70 yoshga to‘lishi munosabati bilan qutladilar, ustozga ma’muriyat tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi. Professor Sh.Karimov ko‘rsatilgan hurmat va e’tibor uchun institut jamoasiga minnaddorchilik bildirdi.



Yig‘ilishda ilmiy ishlarini muvaffaqiyatli himoya qilib ilmiy darajaga ega bo‘lgan xodimlar, davlatimizning nomdor stipendiyalariga sazovor bo‘lgan talabalar ulkan yutuqlari bilan rag‘batlantirildi.






Shuningdek o‘quv qo‘llanma, monografiya chop ettirgan mualliflar ma’muriyat tomonidan munosib taqdirlandi.


Shundan so‘ng Ilmiy Kengash kun tartibidagi birinchi masala — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoeyvning Oliy Majlis Senatlariga qilgan Murojaatnomasi to‘g‘risida institut Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha P.X.Asxanov ma’ruza qildi.


Institutning 2018-2019  o‘quv yilidagi faoliyati bo‘yicha institut rektori M.M.Madazimov hisobot berdi.

Ilmiy kengash institut logotipini tasdiqlash, bo‘sh o‘rinlarga xodimlarni tanlov asosida saylash va boshqa masalalarni ko‘rib chiqdi.

ADTI axborot xizmati

Перейти к содержимому aasaaasaasas Click to listen highlighted text!