alexa
Welcome to Андижанский государственный медицинский институт   Click to listen highlighted text! Welcome to Андижанский государственный медицинский институт

Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasi “Bosh bo‘yin sohasi o‘smalarini zamonaviy tekshirish va davolash usullari” mavzusiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy onlayn konferensiyada ishtirok etdi

14:12 11.12.2020

Zamonaviy tibbiyotda dolzarb bo‘lgan onkologik hastaliklarni tashxislash va davolashda bo‘lgan muammolar stomatologiya sohasini ham chetlab o‘tmagan. Tibbiyot xodimlari, talabalari orasida onkologik hastaliklarni tashxislash va davolashni chuqur o‘rganish va onkologik ehtiyotkorlikni oshirish maqsadida 2020-yil 11-dekabr kuni Toshkent davlat stomatologiya instituti tomonidan “Bosh bo‘yin sohasi o‘smalarini zamonaviy tekshirish va davolash usullari” mavzusida tashkil etilgan xalqaro onlayn konferensiyada Andijon davlat tibbiyot instituti Jarroxlik stomatologiya kafedrasi assistentlari va talabalari ishtirok etdilar.


Xalqaro onlayn konferensiyada  AQSh, Rossiya Federatsiyasi, Bangladesh va  Toshkent davlat stomatologiya instituti Onkologiya va tibbiy radiologiya kafedrasi olimlari mavzu yuzasidan o‘z ma’ruzalri bilan ishtirok etdilar.


Onlayn konferensiya davomida professorlarning ma’ruzaviy chiqishlaridan so‘ng talabalar o‘zini qiziqtirgan savollariga professorlar tomonidan javoblar olishdi.

B.B.Najmiddinov

                            ADTI Jarroxlik stomatologiya kafedrasi assistenti

Перейти к содержимому aasaaasaasas Click to listen highlighted text!