alexa
Welcome to Андижанский государственный медицинский институт   Click to listen highlighted text! Welcome to Андижанский государственный медицинский институт

Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasi mahalla bolalari bilan “Archa bayrami”da

18:44 11.12.2020

Bolajonlarning eng sevimli bayrami Yangi yil tantanalari —  “Archa bayrami” allaqachon boshlanib ketgan.
Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasi bilan uzviy hamkorlik aloqalrini o‘rnatgan Andijon shahrining “Obod” mahallasida Yangi yil bayram tadbirlari o‘zgacha xursandchilik bilan davom etmoqda.

Institutning ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi xodimlari, faol talabalaridan iborat guruh mahallada ulkan Archani bezatishga ko‘mak berishdi.
Bolajonlarga quvonch, o‘zgacha xursandchilik bag‘ishlash uchun institutning “Ulfatlar” jamoasi alohida bayram dastiri havola etishdi.

Betakror kuy-qo‘shiqlari Yangi yil bayramining fayziga fayz qo‘shmoqda. Yangi yil shodiyonalari kundan kunga o‘zgacha ko‘tarinki kayfiyatda bilan davom etmoqda.

ADTI yoshlar Kengashi media guruhi

Перейти к содержимому aasaaasaasas Click to listen highlighted text!