Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasi bilan uzviy hamkorlik aloqalrini o‘rnatgan Andijon shahrining “Obod” mahallasida Yangi yil bayram tadbirlari o‘zgacha xursandchilik bilan davom etmoqda.
Mahallada tashkil etilgan «Yangi yil archasi» tadbirlarida davolash fakulteti dekani B.Yu.Mamatov va Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari U.D.Karimovlar boshchiligida fakultetning iqtidorli talabalar ishtirokida bayram tadbirlarini o‘tkazdilar.
Bolajonlarga quvonch, o‘zgacha xursandchilik bag‘ishlash uchun Qorbobo, Qorqiz, ertak qahramonlari ishtirokida bayram dastiri havola etishdi.
Kuy-qo‘shiqlari Yangi yil bayramining fayziga fayz qo‘shmoqda. Yangi yil shodiyonalari kundan kunga o‘zgacha ko‘tarinki kayfiyatda bilan davom etmoqda.
ADTI axborot xizmati