alexa
Welcome to Андижанский государственный медицинский институт   Click to listen highlighted text! Welcome to Андижанский государственный медицинский институт

Andijon davlat tibbiyot instituti Murabbiylar kengashining navbatdagi yig‘ilishi

14:12 14.07.2020

Onlayn yig‘ilishda institut rektori, professor M.M.Madazimov so‘z olib pandemiya sharoitida institut jamoasi oldida turgan vazifalar, murabbiylarning bitiruvchilarni ishga joylashtirish, ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlarda amalga oshirishlari zarur vazifalari yuzasidan so‘z yuritdi.

Yig‘ilishda institut yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori P.X.Asxanov murabbiylar o‘z guruhidagi talabalar bilan uzviy aloqada bo‘lishi zarurligini alohida ta’kidlab o‘tdi, onlayn ravishda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha takliflari bildirdi, ko‘rsatmalar berdi.

Institut Murabbiylar kengashi raisi A.Arzibekov har bir guruh rahbarlari o‘z guruhiga institutni bitirgunlaricha rahbarlik qilishi yaxshi samara berishi xususida taklif bildirdi.

Andijon davlat tibbiyot instituti Murabbiylar kengashining navbatdagi onlayn yig‘ilishi ishtirokchilari muhokama qilingan mavzular yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar, yana bir qator masalalar muhokama qilindi.

ADTI axborot xizmati

Перейти к содержимому aasaaasaasas Click to listen highlighted text!