O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentyabrdagi PQ-3271-son qarori bilan tasdiqlangan “Kitob mahsulotini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda 2019-yil 19-mart kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida, 2019-yil 22-mart kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.M.Madazimov Andijon shahar 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida ADTI rektori maktab o‘quvchilari bilan kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish kabi mavzularda suhbat o‘tkazdi.
Suhbat so‘ngida M.M.Madazimov tomonidan maktab axborot — resurs markazi fondi uchun jami 23 ta badiiy kitoblar taqdim qilindi.