Andijon davlat tibbiyot instituti rektorining talabalar bilan uchrashuvi — Андижанский государственный медицинский институт
Welcome to Андижанский государственный медицинский институт   Click to listen highlighted text! Welcome to Андижанский государственный медицинский институт

Andijon davlat tibbiyot instituti rektorining talabalar bilan uchrashuvi

15:47 07.01.2020

Mamlakatimiz Prezidentining 2019-yilning27-dekabr kuni faol yoshlar vakillari bilan uchrashuvida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, professor M.M.Madazimov instituning davolash, pediatriya, stomatalogiya fakultetlarida tahsil olayotgan 4-bosqich talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Ochiq muloqot avvalida institut rektori talablarni Yangi yil bilan yana bir bor tabrikladi va yangi yilda ularga sihat-salomatlik, ulkan yutuqlar tiladi.
Shundan so‘ng mamlakatimiz  Prezidentining faol yoshlar vakillari bilan uchrashuvida yoshlar bilan amalga oshirilayotgan tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, talabalarni o‘ylantirayotgan masalalarni echimini topishga yordamlashish, faol yoshlar ko‘magiga tayanish, ularga yaratilayotgan ijtimoiy sharoitlarni yaxshilashga jiddiy e’tibor berish borasida belgilab bergan vazifalar xususida ma’lumot berdi.

Rektor o‘z so‘zida shifokorlik kasbini tanlagan yosh hamisha sidqidil bilan mehnat qilishi, bemorlarga samimiy bo‘lishi, bilim va ko‘nikmalarini boyitib borishi zarurligini ta’kidlab o‘tdi. Talabalarning malakali mutaxassislar  bo‘lib kamolga etishilari uchun esa institutda barcha shart-sharoitlar yaratilganligi ta’kidla ekan, Institutning smulatsion markazi, markaz yordamida olib boriladigan amaliy mashg‘ulotlar, mashg‘ulotlarda ko‘rsatilgan natijalarni baholash tizim haqida batafsil to‘htalib o‘tdi.

Axborot-resur markazida mavjud imkoniyatlardan unumli foydalangan talabalar yaxshi yutuqlarga erishishi mumkinligini eslatib o‘tdi va yoshlarni kitob bilan do‘st bo‘lishlari zarurligini uqtirib o‘tdi. Institut talabalarining xalqaro olimpiadalardagi yutuqvlarini faxr bilan e’tirof etdi. Rektor talabalar bilan o‘tkazgan uchrashuvi davomida tibbiyot instituti talabalari kiyinish madaniyatiga qat’iy amal qilishlari, har bir talaba institut ichki tartib-qoidalariga amal qilishi zarurligini aytib o‘tdi.

Malakali mutaxassis bo‘lib yetishi uchun talabalar xorijiy tillarni o‘rganishi, to‘garaklarga faol qatnashish zarurligini ta’kidladi. Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, professor M.M.Madazimov institutning 4-bosqich talabalari bilan o‘tkazgan yig‘ilishida talabalar o‘z fikrlarini samimiy bildirishdi, takliflarini yozma shaklada taqdim etishlarini aytib o‘tishdi. Institut rektori bilan o‘tgan ochiq muloqot samarlai bo‘ldi.

ADTI axborot xizmati

Skip to content Click to listen highlighted text!