alexa
Welcome to Андижанский государственный медицинский институт   Click to listen highlighted text! Welcome to Андижанский государственный медицинский институт

Andijon davlat tibbiyot instituti rektorining talabalar bilan uchrashuvi davom etadi

15:05 16.01.2020

Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, professor M.M.Madazimovning talabalar bilan ochiq muloqotlarida institut prorektorlari, dekanlar ishtirok etishmoqda.
Navbatdagi ochiq muloqot stomatologiya fakultetining 3-bosqich talalari bilan o‘tkazildi. Institutning 2-ma’ruzalar zalida o‘tgan ochiq muloqotda o’quv ishlari bo’yisha prorektor A.Sh.Arziqulov, stomatologiya fakulteti dekani D.To‘lanov va mazkur fakultet dekan o‘rinbosarlari ishtirok etishdi.
Uchrashuv avvalida professor M.M.Madazimov har birimiz yurtimizdagi tinchlik, hotirjalikni qadrlashimiz zarurligini ta’kidlab o‘tar ekan, barcha islohatlarning asosi tinchlik ekanligini e’tirof etdi.
Shuningdek, shifokorlik kasbining mas’uliyati, sharafli bu kasbni egallashlari uchun institut talabalariga yaratilgan shart-sharoitlar xususida so‘z yuritdi.

Uchrashuv davomida mamlakatimiz Prezidentining 2019-yil yakunida faol yoshlar vakillari bilan uchrashuvida yoshlar bilan amalga oshirilayotgan tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, talabalarni o‘ylantirayotgan masalalarni echimini topishga yordamlashish, faol yoshlar ko‘magiga tayanish, ularga yaratilayotgan ijtimoiy sharoitlarni yaxshilashga jiddiy e’tibor berish borasida belgilab bergan vazifalar xususida so‘z yuritdi.
Andijon davlat tibbiyot instituti rektori stomatologiya fakultetining 3-bosqich talabalari bilan o‘tkazgan uchrashuvi davomida tibbiyot instituti talabalari kiyinish madaniyatiga, institut ichki tartib-qoidalariga amal qilishi,  xorijiy tillarni o‘rganishi, to‘garaklarga faol qatnashishi zarurligini aytib o‘tdi. Talabalar samimiy ochiq muloqot uchun institut rektoriga minnaddorchilik bildirdilar.

ADTI axborot xizmati  

Перейти к содержимому aasaaasaasas Click to listen highlighted text!