Andijon davlat tibbiyot institutida yangi o`quv yiliga tayyorgarlik ishlari qizg`in olib borildi. Talabalarning qulay sharoitlarda yaxshi yashab, a’lo o`qishlari uchun barcha sharoitlar muhayyo qilindi. Institut rahbariyati, mas’ul xodimlar va quruvchilarning sa’yi harakatlari bilan talabalar turar joyi hududi obod va ko`rkam go`shaga aylantirilmoqda.
Toza va orasta holatga keltirilgan chor atrof, gulzorlar, favvora, hovuzcha, mo’jazgina dam olish joylari, yangitdan ta’mirlangan ayvonlar yotoqxonaga tashrif buyurgan kishining bahri dilini ochadi.
Davolash ishi, pediatriya ishi va boshqa fakultet hamda yo`nalish talabalari yotoқqonalari mukammal ta’mirdan chiqarildi. Jumladan, koridorlar, Axborot resurs markazi, o`quv zallari, ovqat tayyorlash xonalari, talabalar yashash xonalari, gigiena, yuvinish, kir yuvish xonalari qayta ta’mirlanib, yangi rusumdagi maishiy jihozlash va zarur anjomlar keltirilib o`rnatildi.
Talabalar turar joyida yana bir yangilik!
Muhtaram Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusning izchil ijrosini ta`minlash bo`yicha maxsus xonalar tashkil etilib, talabalarning ijodiy qobiliyatlarini yanada rivojlantirish uchun zarur sharoitlar yaratildi. Birinchi tashabbus – yoshlarni musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning t boshqa turlari bo`yicha ularning qiziqishlarini oshirish bo`yicha alohida xona tashkil etilib, musiqa asboblari va boshқa san’at turlariga oid anjomlar muhayyo qilindi.
Ikkinchi tashabbus bo`yicha tashkil etilgan jismoniy madaniyat va fitnes xonasida shug`ullanuvchilar barcha sport anjomlari yetarli.
Uchinchi tashabbus ijrosi uchun tayyorlangan xonada yoshlarni kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishini tashkil etish bo`yicha barcha imkoniyatlar mavjud zamonaviy kompyuterlar o`rnatildi.
To`rtinchi tashabbus xonasida esa, kichik kutubxona tashkil etilib, bu yerda badiiy va ilmiy-ommabop kitoblar hamda jurnallar o`rin olgan.
Beshinchi tashabbus asosida tayyorlangan xonaga beshta o`rganuvchi – tikuv mashinalari o`rnatildi. Bu yerda talaba yoshlar darsdan bo`sh vaqtlarida chevarlik va dizaynerlik faoliyatlari bilan shug`ullanishlari, o`z ehtiyojlari uchun zarur kiyim-boshlarni tikish imkoniyatlari yaratildi.
Xullas, yangi o`quv yilida talabalar mutlaqo yangi, zamonaviy tusda ta’mirlangan, barcha sharoitlar muhayyo qilingan shinam yotoqxonalarda yashab, o`qiydilar.