alexa
Welcome to Андижанский государственный медицинский институт   Click to listen highlighted text! Welcome to Андижанский государственный медицинский институт

Andijon davlat tibbiyot instituti talabalari “Eng yaxshi spektakl” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib bo‘ldilar

15:58 24.04.2019

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha belgilab berilgan 5 ta muhim tashabbus ijrosini ta’minlash, yoshlarni teatrga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida Andijon viloyati Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida 2019-yil 23-aprel kuni Andijon davlat universitetida “Talabalar teatr” studiyalari festivalining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda Andijon davlat tibbiyot institutining “Shifokorlar” teatr jamoasi Sharof Boshbekovning “Ko‘cha bolalari” asaridan parcha namoyish etib, “Eng yaxshi spektakl” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib bo‘ldilar va festivalning mintaqaviy bosqichiga yo‘llanma oldilar.

Shuningdek, hakamlar hay’ati tomonidan oliy hamshiralik ishi yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Zebiniso Omonova “Eng yaxshi ayol roli” nominatsiyasiga sazovor bo‘ldi.

Перейти к содержимому aasaaasaasas Click to listen highlighted text!