O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligi, Samarqand davlat tibbiyot instituti tomonidan tashkil etilgan “Tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalari o’rtasida xalqaro onlayn olimpiada Samarqand -2020” o‘z ishini muvaffaqiyatli yakunladi. Pandemiya sharitida alohida ahamiyatga ega bo‘lgan Xalqaro onlayn olimpiadada Andijon davlat tibbiyot instituti talabalari ham faol ishtirok etdilar.
Andijon davlat tibbiyot instituti jamaosi Xalqaro onlayn olimpiadaning “Eng yaxshi tanishtiruv” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi.
“Umumiy jarrohlikda hamshiralik ishi” yo‘nalishi bo‘yicha institutimiz talabasi Diyoraxon Usmonova mutloq g‘olib bo‘ldi.
Bolalar jarrohligi yo‘nalishi bo‘yicha Ilyosbek Jumaboyev faxrli 3-o‘rinni egalladi.
Shuningdek, nominatsiyalar bo‘yicha bolalar jarrohligi yo‘nalishida Umidjon G‘ofurov, ichki kasalliklar yo‘nalishida Farog‘at Davronova, akusherlik-ginekolgiya yo‘nalishida Nodirxon Aynutdinovalar g‘oliblar qatoridan joy olishdi.
Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, professor M.M.Madazimov xalqaro onlayn olimpiada g‘oliblarini onlayn ravishda tabrikladi.
E’tirof etish kerakki, “Samarqand – 2020” Xalqaro onlayn olimpiada ishtirokchilari dunyo tibbiyoti rivojiga, taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishiga, insoniyat salomatligini muhofaza qilish borasida yuqori natija va samaralarga erishishiga ishonamiz.
Sh.Ya.Bustanov
ADTI iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi