Andijon Davlat tibbiyot instituti talabalarining “Stomatologiya-YUGA 2019”da erishgan yutuqlari. — Андижанский государственный медицинский институт
Welcome to Андижанский государственный медицинский институт   Click to listen highlighted text! Welcome to Андижанский государственный медицинский институт

Andijon Davlat tibbiyot instituti talabalarining “Stomatologiya-YUGA 2019”da erishgan yutuqlari.

13:07 23.10.2019

Toshkent davlat stomatologiya institutida X xalqaro “Stomatologiya-YUGA 2019” talabalar olimpiyadasi bo’lib o’tdi. Olimpiadada Rossiya Federatsiyasidan 10 ta, Qozo’iston Respublikasidan 4 ta va O’zbekiston Respublikasidan 4 ta, jami 18 ta jamoadan 110 nafar talabalar ishtirok etdi.

Olimpiadada Andijon davlat tibbiyot instituti stomatologiya fakulteti talabalari va jarrohlik stomatologiya kafedrasi mudiri M.G.Teshaboev boshchiligidagi delegatsiya ishtrok etdi. Olimpiadaning birinchi turida talabalar tahsil olayotgan oliygoh haqida vidioroliklar bilan ishtrok etdi.

Ikkinchi bosqich 6 ta yo’nalishga bo’lingan holda, Toshkent stomatologiya institutini klinik bazalarida: ortodontiya, yuz-jag’ jarrohligi, bolalar stomatologiyasi, ortopediya, tish kariesi profilaktikasi va innovatsion yondashuv   yo’nalishlari bo’yicha talabalar bellashuvga kirishdi.

Ortodontiya seksiyasida  talabamiz Qasimova Shaxnoza Odiljon qizi ortodontiyada tekshiruv usullari va amaliy ortodontiya tanlovida ishtirok etdi. Tanlov natijasiga ko’ra – Ortodontiya seksiyasida hakamlar e’tirof etgan ishtrokchi nominatsiyasida 1-o’rinni oldi.

Mirazizova Diyora Abdulhamid qizi yuz-jag’ jarroҳligi bo’yicha -Frenuloplastika A.A.Limberg bo’yicha Z plastika tashrixini biomaterialda bajardi. Ikkinchi bosqichda tuxumda “Sinus-lifting” amaliyotini bajardi. Uchinchi bosqichda o’zlarini ilmiy yo’nalishi bo’yicha prezintatsiya qildi. Olimpiada yakuniga ko’ra Mirazizova Diyora – yuz-jag’ jarrohligi va dental implantologiya seksiyasida 3-o’rinni egalladi. Talabalarimizni nufuzli olimpiadadagi yutuqlari bilan tabriklaymiz va ularga bundanda ulkan yutuqlar tilab qolamiz.

Skip to content Click to listen highlighted text!