Kurashamiz — yengamiz!
Aziz o’quvchi — yoshlar,
Sog’-salomat bor bo’ling.
Bugun ko’chalar kezmay,
Faqat uyda o’tiring!
Yengamiz har bir dardni,
G’alabaga oz qoldi.
Madadli shifokorlar,
Qalbga taskinlik soldi.
Kecha-yu kunduz bekor,
Ta’til bo’ldi, demanglar.
Behuda serial ko’rib,
So’ng pushaymon yemanglar.
Har daqiqa g’animat,
Doimo o’qish kerak.
Onlayn darslar-chi,
Siz uchun ziyo demak.
Sizni o’ylar ustozlar,
Masofada bo’lsa ham.
Ilm-baxtning chirog’i,
Kitob-la bo’ling har dam.
Har qandayin g’ov kelsa,
Biz boshini egamiz.
“Koronavirus”ni-chi,
Birgalikda yengamiz
Ko’cha-ko’yga chiqish yo’q,
Sog’ligimiz saqlaymiz.
Albatta, yurtboshimiz,
Ishonchini oqlaymiz.
Asadbek Avazbekov
ADTI Tibbiy profilaktika yo’nalishi 102-guruh talabasi