alexa
Welcome to Андижанский государственный медицинский институт   Click to listen highlighted text! Welcome to Андижанский государственный медицинский институт

Andijon davlat tibbiyot instituti va Koreya Milliy transport universiteti o‘rtasidagi hamkorlik aloqalri mustahkamlanmoqda

14:36 03.12.2020

Andijon davlat tibbiyot instituti va Koreya Milliy transport universiteti o‘rtasidagi hamkorlik asosida tashkil etilayotgan paramedisina yo‘nalishda qo‘shma fakultet ochish yuzasidan onlayn muloqot bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Andijon davlat tibbiyot instituti tomonidan xalqaro aloqalar kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari doktori, dotsent K.Z.Salaxiddinov, xalqaro fakultet dekani G.Yaxshiboyeva ishtirok etishdi.

Uchrashuvda paramedisina yo‘nalishdagi qo‘shma fakultet ta’lim dasturini yaratish masalalari muhokama qilindi. Ikkala tomon ham ta’lim va sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlik yo‘nalishlari to‘g‘risida o‘z fikrlarini bildirdilar.

ADTI axborot xizmati

Перейти к содержимому aasaaasaasas Click to listen highlighted text!