Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakultetining yangi shakillangan tuzilmasida 11 ta kafedra va 3 ta mustaqil kurs faol faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Kafedralarni salohiyatli professor hamda dosentlar boshqarmoqda.
Kafedra va kurslar Andijon viloyati sog’liqni saqlash boshqarmasiga qarashli bo’lgan yetuk klinik bazalarda va Andijon davlat tibbiyot institutining klinikasida joylashgan bo’lib, shifokor-kursantlarni dars o’tishi, amaliy ko’nikmalarini o’rganishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.