alexa
Welcome to Андижанский государственный медицинский институт   Click to listen highlighted text! Welcome to Андижанский государственный медицинский институт

Andijon davlat tibbiyot instituti yosh volontyorlari imkoniyati cheklangan bolalar huzurida bo’lishdi

18:29 04.12.2020

Andijon davlat tibbiyot instituti yosh volontyorlari 3-dekabr — Nogironlar kuni munosabati bilan Andijon shahridagi “Maorif” ko’chasi,  32-uyda joylashgan 12-sonli imkoniyati cheklangan bolalar uchun maxsus maktabda ta’lim oluvchi bir qancha nogiron bolalar  xonadonida bo‘ldilar.

Jumladan, Andijon shahridagi Dukchi Eshon, “Qo‘shariq”, “Bo‘ston”, Lutfiy va “Maorif” ko‘chalarida istiqomat qiluvchi nogiron bolalar uchun oziq-ovqat mahsulotlari bilan tashrif buyurishib, holidan habar oldilar.


Shu qatorda nogiron bolalarga Andijon davlat tibbiyot instituti ma’muriyati tomonidan sog‘lik-salomatlik tilab, tibbiyot hodimlari imkoniyati cheklangan bolalar uchun doim kerakli yordamni berishga tayyor ekanliklarini ta’kidlab o‘tishdi.

ADTI yoshlar Kengashi media guruhi

Перейти к содержимому aasaaasaasas Click to listen highlighted text!