2018- yil 28- noyabr kuni Andijon davlat tibbiyot institutida navbatdagi ilmiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni institut rektori M.Madazimov ochib, institut faoliyati bilan bog‘liq muhim yangiliklarga to‘xtaldi.
Yig‘ilish avvalida Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan taqdirlangan institut-professor o‘qituvchilaridan xirurgiya va urologiya kafedrasi mudiri,”Yilning eng yaxshi ilmiy xodimi” nominatsiyasi g‘olibi, professor F.Nishonov, umumiy jarrohlik kafedrasi dotsenti K.Mirzaev, Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti dekani H.Tursunov, VMO va QT fakulteti pediatriya kafedrasi mudiri H.Xudoyberdieva, fakultativ pediatriya va neonatologiya kafedrasi mudiri B.Inakova, 2-akusherlik va ginekologiya kafedrasi dotsenti O.Yuldashevalarga Sog‘liqni saqlash vazirligining mukofotlari va Faxriy yorliqlari topshirildi.
Shuningdek, ADTI rasmiy veb-saytini yangilashda hamda yuqori pog‘onalarga ko‘tarilishida o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shgan ADTI axborot texnologiyalari markazi xodimlaridan B.Raxmanov, N.To’raxonov,A.Komilovlar pul mukofolari bilan taqdirlandilar.
Shundan so‘ng, kun tartibidagi masalalar yuzasidan xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i K.Salohiddinov, institut yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori P.Asxanov, klinik ordinatura bo‘limi boshlig‘i G.To‘raevalar hisobot ma’ruza qildilar.
So‘ngra ilmiy bo‘lim boshlig‘i G.Mamatxo‘jaeva ADTI professor-o‘qituvchilarining O‘zbekiston va xorijiy nashrlarda chop etilgan maqolalari yuzasidan ma’lumot berdi. Yig‘ilishda institut psixologi O‘.Arziqulov talabalar o‘rtasida ijtimoiy-psixologik so‘rovnomalar natijalari bo‘yicha ma’ruza qildi.
Ilmiy kengash yig‘ilishida yuqoridagi ma’ruzalar va masalalar bo‘yicha savol-javoblar va muhokamalar bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, kelgusidagi bajariladigan ishlar yuzasidan vazifalar belgilab olindi.