alexa
Welcome to Андижанский государственный медицинский институт   Click to listen highlighted text! Welcome to Андижанский государственный медицинский институт

Andijon davlat tibbiyot institutida koreyalik abituriyentlar bilan onlayn suhbat o‘tkazildi

13:12 11.07.2020

Andijon davlat tibbiyot institutida o‘qish istagida bo‘lgan xorijlik talabalar soni yildan-yilga ortib bormoqda. Ayni paytda institutda Rossiya, Koreya, Hindiston kabi bir qator davlatlarning yoshlari taxsil olmoqda. Institutga 2020/2021 o‘quv yili uchun xorijiy talabalarni qabul qilish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, bugun koreyalik abituriyentlar bilan onlayn suhbat o‘tkazildi.

Xorijlik abituriyentlar bilan o‘tkazilgan onlayn suhbatda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor A.Sh.Arziqulov, xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i K.Salahiddinov, o‘quv bo‘limi boshlig‘i Q.Yusupov ishtirok etdi.

Qabul imtihonlari oldidan o‘tkazilgan onlayn suhbat avvalida institut hayoti haqida to‘la ma’lumot beruvchi videorolik namoyish etildi.

Samimiy suhbat davomida abituriyentlar O‘zbekiston, jumladan Andijon haqida yaxshi taassurotlarga ega ekanliklarini bildirishdi. Institut ma’muriyati xorijlik abituriyentlarga institutdagi yangiliklar, ta’lim jarayonidagi o‘zgarishlar, xalqaro hamkorlik aloqalari haqida ma’lumot berishdi. Abituriyentlarning bilimi, shifokorlik kasbiga bo‘lgan qiziqishini o‘rganishga alohida e’tibor qaratildi.

Koreyalik abituriyentlar bilan o‘tkazilgan onlayn suhbat yakunida o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor A.Sh.Arziqulov suhbat natijalari, qabul imtihonlari yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar berilishini ta’kidlab o‘tdi va abitutiryentlarga muvaffaqiyat tiladi.

ADTI axborot xizmati  

Перейти к содержимому aasaaasaasas Click to listen highlighted text!