alexa
Welcome to Андижанский государственный медицинский институт   Click to listen highlighted text! Welcome to Андижанский государственный медицинский институт

Andijon davlat tibbiyot institutida nogironligi bo‘lgan shaxslarning to‘sqinliksiz harakatlanishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan

10:15 18.03.2020

Ta’lim sohasidagi islohotlar asosida oliy ta’lim muassasalariga turli darajadagi nogironligi bo‘lgan ko‘plab shaxslar imtiyozli ravishda qabul qilindi. Mamlakatimizda ijtimoiy infratuzilma ob’ektlariga nogironligi bo‘lgan shaxslarning to‘sqinliklarsiz kirishi, jamoat transportlaridan to‘sqinliksiz foydalanishi uchun bir qator qulayliqlar yaratilgan.

Jumladan, Andijon davlat tibbiyot instituti va institutning Talabalar turar joyida nogironligi bo‘lgan shaxslarning to‘sqinliksiz harkatlanishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Bino sathiga kirish uchun maxsus yo’lakcha (pandus), binodagi xojatxonalar nogironlar uchun qulay jihozlangan.

“Shu muqaddas Vatanda azizdir inson” shiori baralla yangrab turgan Vatanimizda har bir inson e’tiborda, e’zozda ekanligidan qalblar g‘ururga to‘ladi.

ADTI axbort xizmati   

Перейти к содержимому aasaaasaasas Click to listen highlighted text!