Andijon davlat tibbiyot institutida oliy hamshiralik ishi yo’nalishiga o’qishga ro’yxatdan o’tgan abiturientlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo`lib o`tdi — Андижанский государственный медицинский институт
Welcome to Андижанский государственный медицинский институт   Click to listen highlighted text! Welcome to Андижанский государственный медицинский институт

Andijon davlat tibbiyot institutida oliy hamshiralik ishi yo’nalishiga o’qishga ro’yxatdan o’tgan abiturientlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo`lib o`tdi

15:44 20.07.2019

Andijon davlat tibbiyot instituti ilmiy kengashlar zalida 2019 — yil 20- iyul kuni  oliy hamshiralik ishi yo`nalishiga o`qishga kirish istagidagi yoshlarning kasbiy (ijodiy) imtihonlari boshlandi. Ijodiy imtihon O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 — yil 9- iyuldagi “Oliy ta’lim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan  O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi  Davlat test markazining faoliyatini kuchaytirish  to`g`risida”gi 572-sonli Qarori asosida tashkil etildi.“Oliy hamshiralik ishi” yo`nalishi bo`yicha kasbiy (ijodiy) imtihon  dasturi  va baholash mezonlari   Toshkent pediatriya tibbiyot institutida ishlab chiqilib, mazkur institut Markaziy uslubiy  kengashida ma’qullangan va 2019 — yil 24 — may kungi 10-sonli   ilmiy kengash yig`ilishida  tasdiqlangan.

ADTIda imtihonlarning adolatli va shaffof tarzda o`tkazilishi uchun  barcha sharoit va imkoniyatlar yaratildi. Imtihon boshlanishidan oldin rektor M.Madazimov institut hovlisiga yig`ilgan barcha abiturient va ularning ota-onalariga bugungi mas’uliyatli va hayojonli sinovlarda  adolatlilik va haqqoniylik taomillariga rioya etilishini ta’minlanishini aytib, barcha abiturientlarga omad tiladi. Imtihon jarayonlarida  rektor, professor M.Madazimov, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo`yicha prorektor, professor G`.Xodjimatov va professor-o`qituvchilar ishtirok etdilar.


Avvalo muhrlangan imtihon savollari konvertini ochishga abiturientlar va ularning ota-onalari guvoh sifatida  taklif etildi. Konvertni ochish chog`ida ota-onalardan Andijon shahrilik uy bekasi Dilbaroy Ro’zimatova va Namangan viloyatidan kelgan o`qituvchi  Nodiraxon Uzaqovalar  qatnashdilar.


Shundan so`ng, kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlandi. Har bir abiturient belgilangan vaqtda tartib  bilan imtihonlarga qo`yildi. Har bir biletda 4 tadan savol bo`lib, ular  20 daqiqa davomida tayyorgarlik ko`rib, so`ng jabob berdilar.


“Hamshiralik ishi asoslari” bo`yicha tashkil etilgan kasbiy (ijodiy) imtihonlarda abiturientlarning tanlangan mutaxassislik bo`yicha  o`qish va keyinchalik ishlab ketish imkoniyatlarini aniqlash, ularning bilim va malakalari darajalari, kasbiy ko`nikmalarini sinovdan o`tkazish asosiy maqsad bo`ldi.



Imtihon jarayonlarida jamoatchilik vakillari va ota-onalar ham  ishtirok etib, kuzatib borish imkoniyatiga ega bo`ldilar.  Jumladan, O`zbekiston “Adolat” SDP Andijon viloyati Kengashi  ijrochi kotibi Mo`minmirzo Qodirov va Izboskan tumanidan Kozimjon Mamasidiqovlar ishtirok etdilar.


 
Imtihonlarda ochiqlik va xolislikni o`rnatish uchun   kuzatuv kameralari  muntazam ishlab, har bir abiturientning imtihon davomidagi o`zini tutishi va javob berish jarayonlari videoyozuvga olinib borildi.


Bilimli va malakali yoshlarga omad kulib boqishi, shubhasizdir.  Eslatib o`tamiz, 20 iyul kuni o`tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihonlarda jami  ro`yhatdan o`tgan 273 nafar abiturientdan 260 nafari ishtirok etdilar. Endi navbat test sinovlariga!

 
 

Skip to content Click to listen highlighted text!