O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan joriy yil 20- sentabr kuni jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish bo‘yicha bir qator vazifalar belgilab berilgan edi.
Ana shu vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida aholi yashash joylarida , ta’lim muassasalarida aholini , ayniqsa yoshlarni jismoniy tarbiya va sportning ommaviy turlari bilan shug‘ullanishiga katta e’tibor qaratilmoqda.
Andijon davlat tibbiyot institutida ham jismoniy tarbiya va sportni omamalashtirish borasida ibratli ishlar olib borilmoqda. Har kuni institutning 1-va 2-o‘quv binolari hududida shuningdek, barcha kafedralarda professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar va talabalar ishtirokida ommaviy badantarbiya mashqlari muntazam o‘tkazilib kelinmoqda.
Albatta, bunday badantarbiya mashqlari institut jamoasini ish jarayonida kun bo‘yi yaxshi kayfiyatda, tetik va bardam bo‘lishlarida, talabalarni darslarda faol ishtirokida, sog‘lom va baquvvat bo‘lib yurishlarida katta yordam berishi shubhasiz.
Zero, bunday tadbirlarning o‘tkazilishi mamlakatimizda aholi salomatligini mustahkamlashda, turli kasalliklarni oldini olishda, sog‘lom turmush tarzini yuksaltiririshda muhim ahamiyatga egadir.