Andijon davlat tibbiyot institutida qabul jarayoni qizg‘in pallaga kirdi — Андижанский государственный медицинский институт
Welcome to Андижанский государственный медицинский институт   Click to listen highlighted text! Welcome to Андижанский государственный медицинский институт

Andijon davlat tibbiyot institutida qabul jarayoni qizg‘in pallaga kirdi

15:38 27.06.2019

Shu kunlarda Andijon davlat tibbiyot institutida 2019-2020 o‘quv yili uchun qabul jarayoni qizg‘in davom etmoqda.

Institutda qabul jarayonini tartibli,  shaffof va adolatli tarzda olib borilishi uchun professor-o‘qituvchi va xodimlardan iborat Qabul komissiyasi faollik bilan ish olib bormoqda.

Qabul komissiyasi mas’ul kotibi S.Salohiddinov nazorati ostida qabul jarayoniga mas’uliyat bilan yondashilmoqda.

Onlayn tarzidagi qabul davomida har bir bosqich –  jumladan , to‘lovni amalga oshirish uchun kvitansiya chiqarish, 3 ta  oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini tanlash, abiturientni qayd etish, abiturient va ota-onalarni qabul qilish jarayonlarida abiturientlar va ularning yaqinlariga qabul komissiyasi tomonidan  kerakli maslahat, tavsiya va yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatilmoqda.

Skip to content Click to listen highlighted text!