alexa
Welcome to Андижанский государственный медицинский институт   Click to listen highlighted text! Welcome to Андижанский государственный медицинский институт

Andijon davlat tibbiyot institutida ta’til vaqtida Talabalar yotoqxonalarida yashab turgan xorijlik talabalar uchun barcha qulayliklar yaratilgan

16:32 18.04.2020

Andijon davlat tibbiyot institutida ta’til vaqtida talabalar yotoqxonalarida yashab turgan xorijlik talabalar zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari, gigiena hamda zarur bo‘ladigan dastlabki dori-darmon vositalari bilan to‘la ta’minlanganlar.

Xorijlik talabalar bilan doimiy aloqada bo‘lib turishlari uchun mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda institutning professor-o‘qituvchilaridan vakillar biriktirilgan. Yotoqxonaning tibbiyot xonasida navbatchi shifokor va hamshira biriktirilgan bo‘lib, ular xorijlik talabalarning salomatliklarini doimiy nazoratdan o‘tkazib bormoqdalar.
Telegram kanalida alohida  – ASMI Students nomli guruh tashkil etilgan bo‘lib, unda darslar jadval asosida barcha fanlar bo‘yicha onlayn ravishda tashkil etilgan. Har kuni belgilangan vaqtda professor-o‘qituvchilar bilan talabalar o‘rtasida   onlayn muloqot tashkil etilgan.

Jahon internet tarmog‘i va WiFi hududlari mavjud hamda 24 soat mobaynida faoliyat yuritishi yo‘lga qo‘yilgan. Yotoqxona kutubxonasi ham talabalar xizmatida bo‘lib unda 100dan ziyod o‘quv va  badiiy adabiyotlar mavjud. Bundan tashkari,  onlayn viktorina va intellektual o‘yinlar o‘tkazib borilmoqda.

ADTI yoshlar bilan ishlash,

ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

Перейти к содержимому aasaaasaasas Click to listen highlighted text!