Andijon davlat tibbiyot institutining talabalari, magistrlar va klinik ordinatorlarning tibbiy bilimlarini hamda pedagog-o‘qituvchilarning malakasini oshirish maqsadida Turkiyaning Xadjettepe universitetidan taklif qilingan delegatsiya tarkibidagi Xadjettepe universiteti klinikasi Kardiologiya bo‘limi professori Recep Oktay Peker institut Umumiy jarrohlik kafedrasida bo‘ldi.
Turkiyalik mehmon kafedra mudiri S.Salaxiddinov va kafedra xodimlari bilan suhbatda bo‘ldi, kafedra faoliyati bilan tanishdi.
Xorijiy mutaxassis talabalar, magistrlar va mutaxassislar uchun yurak va qon-tomir jarrohligi bo‘yicha seminar o‘tkazdi. Bemorlar ko‘riklari tashkillashtirildi.
Turkiyaning Xadjettepe universiteti klinikasi Kardiologiya bo‘limi professori Recep Oktay Peker tashrifi davom etmoqda.