alexa
Welcome to Андижанский государственный медицинский институт   Click to listen highlighted text! Welcome to Андижанский государственный медицинский институт

Andijon davlat tibbiyot institutining 2-o‘quv-laboratoriya binosi ochilish marosimi o‘tkazildi

16:42 06.12.2020

Andijon davlat tibbiyot institutining salohiyati kundan-kunga ortib bormoqda. Joriy yil o‘quv yilida Andijon davlat tibbiyot institutida taxsil olish istagida bo‘lgan yoshlarning soni ikki baravardan ortdi.
Talabalar sonining otganligi munosabati institut moddiy-texnik bazasini mustaxkamlash va rivojlantirish maqsadida o‘quv binolari, talabalar turar joyi binolari, maishiy xizmat ko‘rsatish joylarida budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar xisobidan mukammal va joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909 sonli Qaroriga asosan  A.Fitrat ko‘chasi 2-o‘quv-laboratoriya binosi  2019-yil rekonstruksiya qilish  va yangi  400 o‘rinli bino qurilish ishlari belgilangan bo‘lib, 2019-yil aprel oyida tender tanlovlari asosida  “Azimut stroy” MChJ korxonasi bilan 16 mlyard 607 million so‘mlik shartnomalar tuzilib, qurilish rekonstruksiya ishlari olib borildi.

Ushbu o‘quv binoda 2 ta 120 o‘rinli, 2 ta 40 o‘rinli ma’ruza zali, 100 ga yaqin o‘quv auditoriyalari zamanoviy qattiq va yumshoq inventarlar, zamonaviy kompyuter, proektor, televizorlari, laborator jixozlar bilan jihozlangan.

O‘quv binosida yoritish va isitish tizimlari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Binoda professor-o‘qituvchilarni zamon talabi darajasida mashg‘ulotlarni olib borishlari hamda talabalar puxta bilim egallashlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

Andijon davlat tibbiyot institutining 880 o‘rinli 2-o‘quv-laboratoriya binosining ochilish marosimida Andijon viloyat hokomi Sh.Q.Abdurahmonov ishtirok etdi. Viloyat hokimi institutning yangi o‘quv-laborotoriya binosining qurilishi mamlakatimizda tibbiyot sohasiga qaratilgan etiborni bir ko‘rinishi ekanligi ta’kidlab o‘tdi.

Andijon davlat tibbiyot institutining yangi 2-o‘quv-laboratoriya binosida  mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya, farmakologiya va klinik farmakologiya, ijtimoiy gumanitar fanlar, tibbiy biologiya va gistologiya, umumiy gigiena, ijtimoiy gigiena va sog‘liqni saqlashni boshqarish, tibbiy kimyo, biologik kimyo, tillar, pedagogik va psixologiya kafedralari faoliyat olib bormoqda.

Viloyayt rahbari yangi binoda talabalar va pedagoglar uchun yaratilgan shart-sharoitlar – ma’ruzalar zallari, o‘quv va  laborotoriya xonalari, oshxona, ma’naviy-ma’rifiy xonalar bilan tanishdi. Talabalar, professor-o‘qituvchilar bilan ta’lim jarayoni, tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan suhbatda bo‘di. Institutning “Yosh volonyorlar” jamoasi bilan muloqotda bo‘lib ularning aholi o‘rtasida tibbiy madaniyatni oshirish borasida olib borayotgan targ‘ibot-tushuntirish ishlari, talab-takliflari  bilan tanishdi.


Viloyat hokimi Andijon davlat tibbiyot institutining 2-o‘quv-laboratoriya binosi ochilish marosimi davomida istitut jamoasiga xalq salomatligini muhofaza qilish, tibbiyot sohasiga malakali mutaxassislar tayyorlash borasida ishlariga muvaffaqiyatlar tiladi, talabalar uchun ko‘rkam va qulay binoni bunyod etgan quruvchilarga minnatdorchilik bildirdi.

ADTI Axborot xizmati

Перейти к содержимому aasaaasaasas Click to listen highlighted text!