Andijon davlat tibbiyot institutining "O'z mutaxassisligi bo'yicha yilning eng bilimdon talabasi" — Андижанский государственный медицинский институт
Welcome to Андижанский государственный медицинский институт   Click to listen highlighted text! Welcome to Андижанский государственный медицинский институт

Andijon davlat tibbiyot institutining "O'z mutaxassisligi bo'yicha yilning eng bilimdon talabasi"

14:42 08.02.2020

Andijon davlat tibbiyot institutining davolash yo’nalishi 3- bosqich 315- guruh talabasi Muhammadayubxon Murodxon o’g’li Boboyev faol talabalardan.
Muhammadayubxon hozirgacha 40 dan ortiq ilmiy maqolalar maqolalar, 100 ga yaqin tezislar, 3 mualliflik huquqi (patent), 10 ta ratsionalizatorlik takliflari, 10 ta amaliyotga tadbiq etilgan ishlar, 3 ta start up loyihalari muallifi. O’tgan uch yil davomida 40 yaqin ilmiy-amaliy anjumanlar ishtirokchisi va sovrindori. 2019-yil Rossiya davlatining Voronej shahrida o’tkazilgan «YIL TALABASI» tanlovi g’olibi. O’zbekistonda o’tkazilgan yil talabasi tanlovining «O’z mutaxassisligi bo’yicha yilning eng bilimdon talabasi» naminatsiyasi bo’yicha Respublika bosqichida 3- o’rinni egalladi.
Ilmiy ishlarini hozirgi kunda dolzarb mavzu hisoblangan allergik kasalliklar haqida olib boryapti. Muhammadayubxon Boboyevga yangi-yangi yutuqlar tilaymiz!

Skip to content Click to listen highlighted text!