alexa
Welcome to Андижанский государственный медицинский институт   Click to listen highlighted text! Welcome to Андижанский государственный медицинский институт

Andijon davlat tibbiyot institutining professor-o‘qituvchilari diqqatiga!

12:42 20.03.2020

Koronavirus tarqalishi oldini olish maqsadida oliy ta’lim muassasalariga berigan ta’til munosabati bilan Andijon davlat tibbiyot institutining barcha kafedralari professor-o‘qituvchilaridan ilmiy tadqiqot yo‘nalishlari bo‘yicha quyidagi ishlarni amalga oshirilishi so‘raladi:

  1. O‘z yo‘nalishlari bo‘yicha monografiyalarni tayyorlash va chop ettirishlari;
  2. Talabgorlar doktorlik va falsafa doktorlik dissertatsiyalarini reja asosida bajarishlari;
  3. Xalqaro ma’lumotlar bazasi – SCOPUS jurnallari va O‘zbekiston OAK tasarrufidagi jurnallarida maqolalarini chop ettirish;
  4. O‘zbekiston Respublikasi Intelluktual Mulk Agentligi tomonidan beriladigan patentlarini qo‘lga kiritish;
  5. Xorijiy grantlar tanlovida ishtirok etish va g‘oliblikni qo‘lga kiritish (xorijiy hamkor OTMlar bilan birgalikda);
  6. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlantirish vazirligi tomonidan ta’sis etilgan davlat (fundamental, amaliy va innavatsion) grantlarini qo‘lga kiritish;
  7. Institutda o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasi”ga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida banerlar, bukletlar va roliklarni tayyorlab innovatsion markazga – D.Abduqodirovga (25 martga qadar) topshirilishi so‘raladi;
  8. 2020-yil aprel oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Tibbiyotning dolzarb muammolari” mavzusida Yosh olimlar Respublika ilmiy-amaliy videokonferensiyasiga yosh olimlar, magistrlar va talabalar tezislarini O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri M.M.Qo‘ziboyevaga 5 aprelga qadar topshirilishi so‘raladi;
  9. 2020-yil iyun oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan“Profilaktik tibbiyotda yuqori innovatsion texnologiyalarni qo‘llash” mavzusida O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi rejasiga kiritilgan, hamdo‘stlik mamlakatlar olimlari ishtirokida o‘tkaziladigan Respublika ilmiy-amaliy anjumaniga professor-o‘qituvchilar tomonidan tezislarni O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri M.M.Qo‘ziboyevaga 15 aprelga qadar topshirilishi so‘raladi.

G‘.M.Xodjimatov,
ADTI innovatsiyalar va ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori
 

Перейти к содержимому aasaaasaasas Click to listen highlighted text!