Andijon davlat tibbiyot institutiga Angliyaning London universiteti professori, IFHC Xalqaro xayriya fondi direktori doktor Nozrul Sirkar tashrif buyurdi. Xorijlik mehmonni institut yoshlar bilan ishlar bo‘yicha prorektori P.X.Asxanov va xorijiy aloqalar bo‘limi boshlig‘i K.Salohiddinovlar samimiy kutib olishdi.
Samimiy muloqot davomida doktor Nozrul Sirkar o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, talabalar almashinuvi, ilmiy ishlarni hamkorlikda amalga oshrishi, seminar-treninglar tashkil etish borasida takliflarini bildirdi. Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasi takliflar yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi. Doktor Nozrul Sirkarning tashrifi Andijon davlat tibbiyot institutining xalqaro aloqalari ko‘lami yanada kengayayotganini ko’rsatmoqda.
ADTI axborot xizmati