alexa
Welcome to Андижанский государственный медицинский институт   Click to listen highlighted text! Welcome to Андижанский государственный медицинский институт

Andijon davlat tibbiyot institutining xalqaro hamkorlik aloqalari kengaymoqda

16:14 28.01.2020

Andijon davlat tibbiyot institutiga  Xitoyning Shandong birinchi tibbiyot universiteti (Shandong First medical university)dan doktor Dhruba Paudel tashrif buyurdi.


Xorijlik mehmon bilan institut rektori M.M.Madazimov va xorijiy aloqalar bo‘limi boshlig‘i K.Salohiddinovlar suhbatda bo‘lishdi, institutning ilmiy salohiyati, imkoniyatlari  bilan tanishtirdilar.


Samimiy muloqot davomida doktor Dhruba Paudel o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, Andijon davlat tibbiyot institutiga Mangoliya, Indoneziya, Tailand davlatlaridan talabalarni jalb etish, qo‘shma fakultetlar ochish, seminar-treninglar tashkil etish borasida takliflarini bildirdi.  Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasi takliflar yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.


Shundan so‘ng doktor Dhruba Paudel institut simulyasion markazida bo‘lib talabalarning amaliy mashg‘ulotlarini kuzatdi, ularga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

ADTI axborot xizmati

Перейти к содержимому aasaaasaasas Click to listen highlighted text!