Andijon davlat tibbiyot institutining yosh Volontyorlar jamoasi Koronavirus pandemiyasiga qarshi targ’ibotni Andijon shaxri Eski shaxar dehqon bozori hamda “O’zbegim Trade centre” atrofida o’tkazishdi.
Targ’ibot davomida Andijon aholisi o’rtasida gigiena qoidalari bo’yicha savol javoblar o’tkazildi. Natijada 85% javoblar aholining gigiena qoidalarini bilmasligini ko’rsatdi.
Shu sababli institutning yosh Volontyorlar jamoasi Eski shahar dehqon bozori sotuvchilari va haridorlariga ham gigiena qoidalari bo’yicha tushunchalar berishdi va bukletlar tarqatildi.
ADTI Yoshlar ittifoqi