alexa
Welcome to Андижанский государственный медицинский институт   Click to listen highlighted text! Welcome to Андижанский государственный медицинский институт

Andijon davlat tibbiyot instiutida ko‘rgazmali o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

16:47 02.05.2019

Shu kunlarda yurtimizda  25- apreldan 25- maygacha «Fuqaro muhofazasi oyligi” davom etmoqda. Ana shu munosabat bilan 2- may kuni Andijon davlat tibbiyot institutida viloyat favqulotda vaziyatlar boshqarmasining bir guruh xodimlari, institut Fuqaro va mehnat muhofazasi bo‘limi boshlig‘i O‘.Ahmedov, bo‘lim xodimlari, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirokida  ko‘rgazmali o‘quv mashg‘uloti  bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda  viloyat favqulotda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruv otryadi xodimlari — mayor H.Razzaqov va  instruktor R.Boltaboevlar so‘zga chiqishib, qutqaruv asbob-anjomlari va vositalari bilan talabalar va xodimlarni tanishtirdilar hamda ulardan qay tartibda foydalanish yo‘llarini o‘rgatdilar. Shuningdek, institut hududida ko‘rgazmali chiqishlar ham namoyish etdilar.

Перейти к содержимому aasaaasaasas Click to listen highlighted text!