alexa
Welcome to Андижанский государственный медицинский институт   Click to listen highlighted text! Welcome to Андижанский государственный медицинский институт

Andijon shahridagi “Hamkor” biznes markazida Satellit simpozium o`tkazildi

18:10 06.05.2019

2019-yil 3-may kuni Rossiya Federatsiyasi Qozon davlat tibbiyot akademiyasining professori M.L.Maksimov Satellit simpoziumga tashrif buyurdi va “Lipitenziya, yurak-qon tomir kasalliklarini davolashda muvaffaqiyat uyg’unligi” mavzusidagi ma’ruza o’qidi.

Satellit simpoziumga Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakultetining kardiologiya va terapiya kafedrasi mudiri, professor N.S.Mamasoliyev, umumiy amaliyot shifokorlarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash, funksional diagnostika kafedrasi mudiri, dotsent G.U.Nazarova tinglovchi shifokorlari, professor-o’qituvchilari faol qatnashdilar.

Satellit simpozium ishini Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakultetining dekani t.f.d. X.X.Tursunov olib bordi. Qozon davlat tibbiyot akademiyasi bilan Andijon davlat tibbiyot instituti o’rtasidagi hamkorlik istiqbolli rejalari haqida ma’ruza qildi.

Satellit simpoziumning barcha qatnashchilari Evropa kardiologlar kongressi Myunxen haqidagi ma’lumotlarni oldilar va olingan bilimlarini amaliyotga hamda o’quv rejalariga kiritishni bir ovozdan takidladilar.

Перейти к содержимому aasaaasaasas Click to listen highlighted text!