alexa
Welcome to Андижанский государственный медицинский институт   Click to listen highlighted text! Welcome to Андижанский государственный медицинский институт

ANDIJON VILOYATIDA 2020-2021 O`QUV YILIDAN ABU ALI IBN SINO NOMIDAGI JAMOAT SALOMATLIGI TEXNIKUMLARI FAOLIYAT YURITADI

15:59 13.06.2020

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7 apreldagi “Tibbiy-sanitariya sohasida kadrlarni tayyorlash va uzluksiz kasbiy rivojlantirishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to`g`risida” gi PQ-4666-son qaroriga asosan respublikada 47 ta Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumlari tashkil etildi. Andijon viloyatida ham 4 ta tibbiyot kollejlari, bu Andijon, Paxtaobod, Bo`ston va Qo`rg`ontepa tibbiyot kollejlari Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumlariga aylantirildi.


O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining topshirig`iga asosan Andijon viloyatidaga 4 ta Abu Ali Ibn Sino nomidagi  Andijon, Paxtaobod, Bo`ston va Qo`rg`ontepa jamoat salomatligi texnikumlari  Andijon davlat tibbiyot instituti nazoratiga yuklatildi.


Institut rektori M.M.Madazimov yuqorida sanab o`tilgan jamoat salomatligi texnikumlariga tashrif buyurib, mutassadi rahbarlari bilan kichik guruxlarda  O`zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4666 qarori hamda O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining topshiriqlari ijrosi yuzasidan amalga oshirilishi kerak bo`lgan ishlar, xarbir texnikumni qaror ijrosi bo`yicha tayyorlagan chora tadbirlar rejasi, qaror chiqqan kundan shu kungacha amalga oshirilgan ishlar, 2020-2021 o`quv yili uchun o`quvchilarni tanlab olish, qabul qilish, texnikumni tashkil etishdagi hozirgi kundagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralari to`g`risida suhbat olib bordi va ularni echimi bo`yicha kerakli maslaxatlar berdi.



2020 yil 13 iyun kuni institut rektori M.M.Madazimov, o`quv ishlari bo`yicha prorektor A.SH.Arziqulov, institut o`quv-uslubiy bo`lim boshlig`i Q.M.Yusupovlar Abu Ali Ibn Sino nomidagi Andijon, davolash fakulteti dekani B.Yu.Mamatov Paxtaobod, pediatriya fakulteti dekani A.A.G`ofurov Qo`rg`ontepa va stomatologiya fakulteti dekani D.SH.Tulanov Bo`ston jamoat salomatligi texnikumilariga o`z ishchi guruxlari bilan tashrif buyurdilar.


Tashrif davomida texnikumda amalga oshirilgan ishlar bilan tanishib chiqdilar hamda texnikumda professor-o`qituvchilar, talaba-o`quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yangi 2020-2021 o`quv yiliga tayyorgarlik ishlari o`rganib chiqildi.



 
Institut rektori boshchiligidagi ishchi guruh Andijon texnikumida bo`lib, yangi tashkil etilgan innovatsion markaz, kompyuter sinflari, xalqaro aloqalar bo`limi, axborot resurs markazi, sport va trenajyor zallari, majlislar zali, talaba-o`quvchilar uchun yangi tashkil etilgan “Buk kafe” va ta`mirlanayotgan talabalar oshxonasi bilan tanishib chiqdilar.


Institut rektori texnikum direktori M.Buvabekov, direktor muovinlari, bo`lim boshliqlari va kafedra mudirlari bilan karantin qoidalariga rioya qilgan holda suxbat olib bordilar.


Texnikum o`qituvchilari, o`quvchilari institut axborot resurs markazi fondidan, axborot texnologiyalari markazida tashkil etilgan modul platformasidan foydalanishlari, institut proffesor-o`qituvchilari bilan hamkorlikda darslik, o`quv qo`llanma, monografiyalar tayyorlashi, chop ettirishi, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishi, institutda “Profilaktik tibbiyot” yo`nalishi bo`yicha tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan kengashda ximoya qilishlari, texnikum o`quvchilarini institut kafedralarida tashkil etilgan fan to`garaklari, fanlar bo`yicha o`tkazilayotgan xalqaro olimpiadalarga jalb qilishlari mumkinligi, bundan tashqari institut tomonidan o`quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma`naviy-ma`rifiy hamda 5 ta tashabbus bo`yicha texnikumda olib borilayotgan ishlarga muntazam uslubiy yordam ko`rsatilishini ta`kidlab o`tdi.



Xozirgi kunda institut o`ziga biriktirilgan Abu Ali Ibn Sino nomidagi Andijon, Paxtaobod, Qo`rg`ontepa va Bo`ston jamoat salomatligi texnikumlari bilan rejaga asosan hamkorlik ishlari tizimli yo`lga qo`yilgan.


Перейти к содержимому aasaaasaasas Click to listen highlighted text!