Joriy yilning 30 aprel kuni viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida koronavirus kasalligi bilan davolanayotgan 18 nafar bemorlar butkul sog‘aydi. Shundan, 5 nafari erkak, 13 nafari ayol kishilarni tashkil qilib, ularning 5 nafari voyaga etmaganlardir. Ularning 16 nafari Andijon shahar, 2 nafari Andijon tumanida yashovchilardir.
Eng muhimi sog‘aygan bemorlarning eng yoshi kattasi 84 yosh bo‘lib, eng kichigi 2018 yilda tug‘ilgan. Bugungi kunga qadar viloyatdagi jami 157 nafar fuqarolar virusga chalingan bo‘lib, ularning 106 nafari butkul sog‘ayishiga erishildi.
Hozirda viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida 51 nafar bemorlar davolanmoqda.
Andijon viloyat SSB matbuot xizmati