2019-yil 13-aprel kuni Andijonda tibbiyot fanlari doktori, Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti oftalmologiya kafedrasi mudiri, professor,O‘zbekiston Qahramoni Xolidjon Komilov tashif buyurdi. Taniqli shifokor bilan tashkil etilgan uchrashuvda Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, professor M.Madazimov, professor-o‘qituvchilar, magistratura va klinik ordinatura yo‘nalishlari talabalari ishtirok etib, samimiy va dildan suhbat qildilar.
Suhbat chog‘ida X.Komilov o‘zining uzoq yillik mehnat faoliyati davomida ko‘z kasalliklari, mikroxirurgiyasi, neyrooftalmologiya, oftalmokibernetika kabi dolzarb sohalarni rivojlantirish borasida amalga oshirgan ishlari va olib borayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari xususida so‘zlab berdi.
Uchrashuv samimiy ruhda o‘tib, mutaxassislar tomonidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Shu kuni tajribali shifokor tomonidan “To‘r parda tug‘ma yallig‘lanishi va distrofik kasalliklari. Tapetoretinal abiotrofiyalar” mavzusida mutaxassislar uchun ma’ruza o‘qib berdi.