9 — May. Ikkinchi jahon urushida qozonilgan olamshumul g’alabaning shonli tantanasi. Vatan, ona yurt, jonajon xalqimizning tinchligi, osoyishtaligi uchun jon fido qilgan vatandoshlarimizni Xotirlash kuni.
Endilikda bu qutlug’ ayyomning mazmun-mohiyati yanada kengayib, el-yurt ravnaqi, farovonligi, yosh avlod kamoloti yo’lida jonkuyarlik bilan mehnat qilayotgan yoshi ulug’ insonlarni Qadrlash kuni sifatida ham nishonlanmoqda.
2019 -yil 9 — may tongini yurtdoshlarimiz o’zgacha shukuh, ko’tarinkilik va bayramona tarzda qarshi oldilar. Bayramona yurish tadbiriga shoshilgan katta-yu kichik kishilar Andijon shahri markazidagi Bobur nomli maydon atrofiga yig’ildilar.
Bu yerda qarbiy qismlardagi jangovor mashinalar, askarlar, viloyatdagi barcha tashkilot va muassasalardagi ishchi xodimlar, talabalar va o’quvchilar harbiycha yurish mashqlariga saf tortib turdilar.
Bayram munosabati bilan harbiycha yurish mashqlariga viloyat hokimi Sh.Abdurahmonov start berdi.
Qalblarda cheksiz g’urur va iftixor, ko’zlarda quvonch porlab, qalblarda hayojon,ertangi kunga umid va ishonch hislari zohir bo’lgan yurtdoshlariimiz Bobur maydonidan ommaviy parad yurishini boshladilar.
Bayroqlar, shiorlar ko’targan yoshlar musiqa va do’mbira sadolari ostida umumiy safga qo’shildilar.
Bayram paradida Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov, fakultet dekanlari, o’rinbosarlari, institut harbiy kafedrasi o’qituvchilari, kursantlari va talabalar ishtirok etib, yurtdoshlarimizga o’zlarining harbiy salohiyatlarini yana bir bor namoyon etdilar.
Ular orasida davolash ishi, pediatriya va stomatologiya fakultetlarining talabalari alohida faollik ko’rsatdilar.
Bayram yurishi Amir Temur ko’chasi, so’ngra Navoiy shohko’chasi bo’ylab davom etib, viloyat hokimligi binosidan o’tib va Xotira maydoniga qadar davom etdi.