Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz vatan himoyachilari! — Андижанский государственный медицинский институт
Welcome to Андижанский государственный медицинский институт   Click to listen highlighted text! Welcome to Андижанский государственный медицинский институт

Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz vatan himoyachilari!

18:22 13.01.2020

Vatan barchamiz uchun muqaddasdir. Vatanni himoya qilish barchamizning sharafli burchimiz. Vatan himoyasiga bel bog‘lagan har bir yigit-qiz hamisha elimiz ardog‘ida. Andijon davlat tibbiyot institutida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining  28 yilligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bayram tadbiri o‘tkazildi.


Bayram tadbirini institut yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori P.X.Asxanov ochib barchani bayram bilan tadbirlash bilan birga Vatanni himoya qilish, yurt obodligiga xissa qishish har birimizning zimmamizdagi sharafli vazifamiz ekanligi ta’kidlab o‘tdi.


Shundan so‘ng tadbir ishtirokchilari O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini kuyladilar.


Tadbirda tabrik uchun so‘zga chiqqan istefodagi polklovnik S.X.Shamsutdinov har qanday vaziyatda tibbiyotchilar harbiylar – ofitser va askarlar bilan birga ekanligi ta’kidlash bilan birga harbiy tibbiyotchilarning zimmasidagi vazifalar xususida to‘htalib o‘tdi. ADTI harbiy kafedarsi mudiri, podpolkovnik A.Nasriddinov ofitserlik libosida turgan tibbiyotchilar mamlakatimiz mustaqilligi, xalqimizning tinch va osoyishta hayotini saqlashga hamisha tayyor ekanliglarini e’tirof etib o‘tdi.

Tadbirda professor Z.Saloxiddinov so‘zga chiqib, Vatanimiz sarhadlari ishonchli, qat’iyatli va kuchli posbonlarimiz qo‘lida ekanligidan xalqimiz hamisha  faxrlanishini aytib, barcha yig‘ilganlarni  Vatan himoyachilari kuni  bilan qizg‘in tabrikladi.


Institut xotin-qizlar qo‘mitasi raisasi M.Jo‘raeva Vatan himoyachilari — bir-biridan o‘ktam, mard va jasur o‘g‘lonlarni bayram bilan tabrikladi va Andijon viloyat hokimining o‘rinbosari, viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi raisining bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.


Shundan so‘ng institut rektori buyrug‘i bilan yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga munosib hissa qo‘shayotgan bir guruh professor-o‘qiuvchilar va mehnat faxriylari esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.





Bayramning badiiy qismida instituning iste’dodli talabalari Vatanni, tinchlik, osoyishtalikni madh etuvchi qo‘shiqlarni kuylashdi, ommaviy raqlar ijro etildi.


Institutning quvnoq va zukko yoshlaridan iborat “Ulfatlar” jamoasining ichakuzdi chiqishlari esa bayramona kayfiyatni yanada ko‘tarinki bo‘lishiga hissa qo‘shdi.


Bayram tadbiri yakunida institut prorektori P.X.Asxanov va faxriy ustoz S.X.Shamsutdinov so‘zga chiqib xalqimiz Vatan himoyachisi nomiga muyassar bo‘lgan yoshlarning yakdil, bir so‘zli, kuchli va ishonchli ekanligini hamisha qadrlashini aytib o‘tdilar va barchani ona Vatan va xalqimiz oldidagi muqaddas burchimiz – Vatanni himoya qilishdek sharafli, mas’uliyatli vazifani bajarishda zafar va omad, sihat-salomatlik, kuch-quvvat, matonat hamroh bo‘lishligini tiladilar.
Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz Vatan himoyachilari!

 ADTI axborot xizmati

Skip to content Click to listen highlighted text!