Chet tillari bo’yicha masofaviy ta’lim — Андижанский государственный медицинский институт
Welcome to Андижанский государственный медицинский институт   Click to listen highlighted text! Welcome to Андижанский государственный медицинский институт

Chet tillari bo’yicha masofaviy ta’lim

17:40 04.12.2018

Globallashuv va xalqaro aloqalarning ilmiy, texnik va madaniy sohadagi ulkan taraqqiyoti inson faoliyatining barcha sohalariga,   shu jumladan, tibbiyot sohasiga ham o‘zining ta’sirini ko‘rsatishi shubhasizdir. Tibbiyot, stomatologiya va farmatsevtika mutaxassislari uchun chet tillarini mukammal egallash mamlakat taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega. Mazkur soha mutaxassislarini oliy ta’limda chet tillari bo‘yicha bilimlarni  mustahkamlash hamda bu borada mahorat va ko‘nikmalarini shakllantirish O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida», «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida»gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2012 yil 10 dekabrdagi PQ-1875-son qarori asosida amalga oshirilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” 2017 yil  20 apreldagi PQ-2909-son  Qarorida oily ta’lim tizimini kelgusida kompleks rivojlantirishning  eng muhim vazifalari beligilangan bo’lib, har bir oily ta’lim muassasasi jahonning etakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o’rnatish, ta’lim sifatini oshirish maqsadida o’quv jarayoniga xorijiy va respublikadagi turdosh hamkor ta’lim muassasalaridan yuqori malakali mutaxasislarni jalb qilish kabi bandlar mavjud.
Shu qarorni ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon davlat tibbiyot instituti «Tillar, pedagogika va psixologiya» kafedrasi Toshkent farmatsiya instituti  «Tillar» kafedrasining  «Ingliz tili» fani professor-o’qituvchilari bilan ma’sofaviy ta’lim tizimini birinchi bor yo’lga qo’ygan holda  on-line tarzda farmatsiya fakulteti 2-bosqich talabalari o’rtasida amaliy mashg’ulotlar o’tkazildi. On-line amaliy mashg’ulotni Toshkent farmatsiya instituti  «Tillar» kafedrasining  «Ingliz tili» fani o’qituvchisi Xilola Maqsudova va Andijon davlat tibbiyot instituti «Tillar, pedagogika va psixologiya» kafedrasining katta o’qituvchisi N.A.Mamatovalar “Classification of Plants” mavzusi bo’yicha o’tkazishdi. Amaliy mashg’ulotda  «Tillar, pedagogika va psixologiya» kafedrasining mudiri, dotsent L.S.Hudayberdiyeva, “Farmatsiya” yo’nalishi mas’uli dotsent Z.A.Ergasheva, o’quv bo’limi boshlig’i dotsent G.U.Nazarovalar qatnashishdi.

Talabalar mashg’ulot davomida dorivor o’simliklar haqida ma’lumotga ega bo’lishdi.

Skip to content Click to listen highlighted text!