Aholiga ko’rsatilayotgan tibbiy xizmat, sifat va samaradorligini yaxshilash, hamda tibbiy madaniyatni oshirish bo’yicha Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o’qituvchilari tomonidan 2019- yilning 22 -iyun kuni Marhamat TTBga qarashli Ershi MFYda joylashgan 32-QOP va Ibn Sino QVPlarida chuqurlashtirilgan tibbiy ko’riklar davom ettirildi.
Tibbiy ko’rikda pediatr, akusher-ginekolog, terapevt, xirurg, onkolog, kardiolog, nevropatolog, okulist, dermatovenerolog, endokrinolog, lor, travmatolog, infeksionist mutaxassislaridan iborat ja’mi 48 nafar malakali professor-o’q’ituvchilar ishtirok etishdi.
Tibbiy ko’rik bilan hududning 1223 nafar aholisi qamrab olinib, 1894 ta ko’ruv o’tkazildi. Ko’rikda 84 nafar aholida surunkali xastaliklar aniqlandi va kerakli maslahatlar berildi. Shuningdek, o’zgalar parvarishiga muxtoj bo’lgan 18 nafar fuqaro uylariga borilib, nevropatolog va travmatolog ko’ruvidan o’tkazildi. Ularga kerakli tavsiya va yordamlar ko’rsatildi, shuningdek, 12 nafar fuqaroga davolanish uchun imtiyozli yo’llanma berildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 — yil 18 — dekabrdagi “Yuqumli bo’lmagan kasalliklarning profilaktikasi, sog’lom turmush tarzini qo’llab-quvvatlash va aholining jismoniy faolligi darajasini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-4063-sonli qarorlari ijrosi bo’yicha 51 nafar amaliyotchi talaba 154 ta xonadonda patronaj va tibbiy madaniyatni oshirish buyicha targ’ibot ishlarini olib borishdi.