Andijon davlat tibbiyot insitutida “Oila-maktab-mahalla-oliy o‘quv yurti” yo‘nalishi bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqdaki, bu alohida e’tirofga loyiq. Bu masalada institut olimlari – professorlarimiz ham faollik ko‘rsatishyotganlaridan cheksiz mamnunman. Jumladan, men ham joriy yil 25 noyabr kuni Farg‘ona viloyati, Oltiariq tumanida joylashgan 16-maktab o‘quvchilari va jamoasi bilan uchrashuv va ma’ruza o‘tkazib keldim.
Maktab Majlislar zaliga qo‘shni maktablardan ham o‘quvchilar, o‘qituvchilar taklif etildi. Uchrashuvni maktab direktori A.Madaminov kirish so‘zi bilan uchrashuvni ochib berdi. Uchrashuv jarayonida asosan Respublikamizda tibbiyot sohasida olib borilayotgan yangilikar, o‘zgarishlar va oldindagi vazifalar to‘g‘risida aytib o‘tdik.
Barcha o‘quvchilarda Andijon davlat tibbiyot instituti to‘g‘risidagi ma’lumotlarimiz katta qiziqish uyg‘otdi. Institutga kirish tartib-qoidalari va tayyorgarliklar to‘g‘risida savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda maktabning shart-sharoitlari bilan atroflicha tanishdik. Maktab o‘quvchilar orasida alohida iqtidorli o‘quvchilar guruh tuzish va ular bilan har chorakda uchrashuv va suhbatlar o‘tkazishga kelishib oldik. Uchrashuv jarayonida maktab o‘quvchilariga 25 ta badiiy va 14 ta ilmiy-ommobop kitoblar taqdim etdik. Mazmunli uchrashuv yakunida maktab jamoasi bilan kelajakda xamkorlik qilish to‘g‘risida kelishib oldik.
Yu.S. Egamov
ADTI Umumiy xirurgiya kafedrasi
professori