Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati Andijonda — Андижанский государственный медицинский институт
Welcome to Андижанский государственный медицинский институт   Click to listen highlighted text! Welcome to Андижанский государственный медицинский институт

Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati Andijonda

16:54 09.10.2019

Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) vakillari o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish maqsadida Andijon davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurdilar. Xorijlik mehmonlar institut rektori, professor Madaminjon Madazimov qabulida bo‘ldi. Xorijlik mehmonlarning Respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirgan tashrifidan maqsad institut bilan davolash, ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ikki tomonlama faydali loyihalarni amalga oshirishga kelishib olishdan iborat bo‘ldi. Shu maqsadda mehmonlar institutning o‘quv, ilmiy salohiyati, talabalar, professor-o‘qituvchilar tarkibi bilan qiziqdilar.O‘zaro suhbat davomida M.Madazimov Andijon davlat tibbiyot instituti Farg‘ona vodiysida yetakchi tibbiyot muassasalaridan biri ekanligi, institutda vodiy tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish borasida yetarlicha imkoniyatlar mavjudligi, instituda qurilish, qayta qurish, zamonaviy tibbiy jihozlar bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirib o‘tdi.

Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) vakillari institut klinikasida ishga tushirilgan kislorod zavodi, endourologiya yo‘nalishi bo‘yicha viloyatda faoliyat olib borayotgan shifoxonalar, doktorantura yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishish istagini bildirdilar. Amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihani respublika miqyosiga olib chiqish masalalari muhokama qilindi.   Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) vakillarining Andijondagi tashrifi davom etmoqda.

ADTI axborot xizmati

Skip to content Click to listen highlighted text!