alexa
Welcome to Андижанский государственный медицинский институт   Click to listen highlighted text! Welcome to Андижанский государственный медицинский институт

Germaniyada anjoncha palov damlandi

09:11 13.11.2019

Germaniyaning Rostok universiteti 600 yillik yubiley tadbirlarida ishtirok etish uchun taklif etilgan Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.M.Madazimov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i K.Z.Salaxiddinov, urologiya kafedrasi doseti M.A.Shodmonovlardan iborat institut delegatsiyasi bayram tadbirlarida faol ishtirok etishmoqda.


Universitet 600 yillik yubileyi munosabati bilan ilmiy-amaliy marosimlar bilan birga ko‘ngilochar tadbirlar ham o‘tkazildi. Ommaviy bayramga aylanib kelgan ana shunday tadbirlardan bir – milliy taomlar tayyorlash marosimida Andijon davlat tibbiyot instituti delegatsiyasi tashabbusi bilan Germaniyada, 15 kilogramm guruchga “anjoncha” palov damlandi.


O‘zbekning dovrig‘i dunyoga ketgan palovini totib ko‘rishni istaganlar ko‘p bo‘ldi, jumladan, Rostok universiteti rektori shaxsan o‘zi palov tayyorlash va uni mehmonlarga tortishda ham ishtirok etdi.

Germaniyaning Rostok universiteti 600 yillik yubileyi tadbirlari ishtirokchilari andijonliklarning mehmondo‘stligidan, anjoncha palovning mazasidan bahramand bo‘ldilar.

Перейти к содержимому Click to listen highlighted text!