2019- yil 22- may kuni Andijon davlat tibbiyot instituti kengashlar zalida Germaniyaning Rostok universiteti bilan onlayn konferensiya tashkil etildi. Onlayn konferensiyada germaniyalik mutaxassislar- professor — B.Krauze va professor R.Orter hamda ADTI rektori M.Madazimov,xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i K.Salohiddinov, prorektorlar, onkologiya va tibbiy radiologiya kafedrasi xodimlari, soha mutaxassislari, professor-o‘qituvchilar, klinik ordinatorlar, magistr va talabalar ishtirok etdilar.
Onlayn konferensiyada onkologik kasalliklardan biri — sut bezi saratoniga chalingan bemor ayol kasalligining tashxisi, davolash taktikasi muhokama etildi.
Onlayn muloqot chog‘ida Rostok universiteti tibbiy radiologiya va onkologiya bo‘limi professorlari va turli soha mutaxassislari bemorni davolash bo‘yicha o‘zaro fikr-mulohazalarini bildirdilar.