2018-yil 15-dekabrdan 15-yanvargacha o‘tkazilayotgan Harbiy vatanparvarlik oyligi doirasida Andijon davlat tibbiyot institutida bir qator tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda.
Ana shunday tadbirlardan biri 2018-yil 25-dekabr kuni Andijon shahridagi “N” harbiy qismi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Tadbirni ADTI yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori P.Asxanov ochib berdi.
Tadbirda harbiy qism komandir o‘rinbosari F.Sanaev, kapitan O.Aminovlar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridagi islohotlar, yangiliklar, “Harbiy vatanparvarlik oyligi” doirasida olib borilayotgan ishlar xususida ma’ruza qildilar.
Shundan so‘ng, jangovarlikka chorlovchi musiqa sadolari ostida harbiy xizmatchilarning chiqishlari namoyish etildi. Oddiy askarlarning qo‘l jangi bo‘yicha bajargan murakkab tryuklari, mashqlari ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
Tadbir yakunida P.Asxanov kirib kelayotgan Yangi 2019-yil, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 27-yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan faol harbiy xizmatchilarga ADTI rektori M.Madazimovning “Tashakkurnoma”sini topshirdi.
Tadbirda isntitut ma’naviyat-ma’rifat bo‘limi xodimlari, Harbiy kafedra o‘qituvchilari, ADTI yoshlar ittifoqi faollari, professor-o‘qituvchilar, talabalar ishtirok etdilar.