Andijon davlat tibbiyot institutida shu kungacha o’quv-ta’lim sifatini oshirish maqsadida quyidagi qurilish-ta’mirlash ishlari bajarildi;
ADTI harbiy tayyorgarlik kafedrasining o’quv bino xonalari zamonaviy “Yoz-qish” konditsionerlar, yangi stol-stullar bilan ta’minlandi.
Shuningdek, 3- va 4- talabalar turar joyining asosiy kirish foyesining pol qismiga marmar turdagi qoplama yotqazildi.
Kir yuvish xonalariga 2 ta katta hajmdagi yangi, zamonaviy kir yuvish mashinasi o’rnatildi.
Talabalar turar joyidagi tashqi oshxona binosi joriy ta’mirlandi.
5-sonli 200 o’rinli talabalar turar joyida qayta kapital ta’mirlash ishlari to’liq tugatilmoqda.
Talabalar turar joyidagi har bir xona garderob, yangi yuvinish xonasi va hojatxonalar zamonaviy usulda to’liq ta’mirlandi.