2019-yilning 2-4 fevral kunlari ADTI bolalar jarrohligi, anesteziologiya va reanimatologiyasi hamda VMO va QT fakulteti bolalar jarrohligi, bolalar anesteziologiya-reanimatologiyasi, anesteziologiya reanimatologiya va tez tibbiy yordam kafedrasi, gospital va shoshilinch pediatriya kafedralariga Hindiston davlati BLK Super Specialty Hospital, Nyu-Deli shifoxonasi malakali shifokorlari doktor Pradhan Aditya Ashok, doktor Rajesh Vermalar tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida Hindistonlik yetuk olimlar doktor Pradhan Aditya Ashok “Bolalardagi siydik yo‘llari tug‘ma nuqsonlarini zamonaviy laporoskopik yo‘l bilan bartaraf qilish usullari, buyrak transplantatsiyasi, bolalarda uchrovchi umurtqa pog‘onasi kasalliklari bo‘yicha magistratura, klinik ordinatura va davolash fakultetining 527-528-529-530- guruh talabalariga ma’ruza va seminar mashg‘ulotlari o‘tkazdi.
Doktor Rajesh Verma gospital pediatriya kafedrasida tahsil olayotgan magistratura va klinik ordinatura, shuningdek, pediatriya fakultetining 605-606-607-608- guruh talabalariga “Bolalardagi tug‘ma va irsiy nefritlarning zamonaviy aniqlash usullari va davolashlar” mavzusi bo‘yicha ma’ruza hamda mahorat darslari o‘tkazdi.
Doktor Pradhan Aditya Ashok va doktor Rajesh Vermalar tomonidan Andijon VBKTTM urologiya, nefrologiya bo‘limlarida davolanayotgan bemorlarni ko‘rikdan o‘tkazildi va kerakli tavsiyalar berildi. Shundan so‘ng doktorlar tomonidan «Farm standart lyuks» MChJ da ham bemorlarni qabul qilish jarayonlari o‘tkazildi.