Andijon davlat tibbiyot instituti Ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi tomonidan “O`zbekiston tarixi”, “Dinshunoslik” fanlari bo`yicha sayyor darslar tashkil qilinmoqda.
Navbatdagi sayyor dars o`qituvchilar B.N.Batirova, N.N.Nurmatova, M.O.Badalovalar tomonidan Andijon davlat universiteti qoshida ochilgan “Qatag`on qurbonlari xotirasi” muzeyida tashkil qilindi. Unda davolash fakultetining 105-, 106-,107-, 111- gurux hamda tibbiy profilaktika fakultetining 101-, 102-, 103- gurux talabalariga ma`ruza o`qib berdilar.
Shuningdek, muzeyning direktori professor R.T.Shamsutdinov alternativ dars o`tib berdi. Sayyor dars talabalarda chuqur taassurot qoldirdi.